O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, maqsadli situatsion-immitatsion poligonlarni yaratish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan “Future invest group” MCHJ tomonidan birinchi bosqich qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Institut boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Taʼkidlash joiz, mazkur taʼlim muassasasida birinchi bosqich qurilish ishlari amalga oshirilyapti, yopiq sport majmuasi, simulyatsiya va modulyatsiya markazi, mini futbol, basketbol, voleybol maydonlari, vorkout inshootlari qurilmoqda. Institut rahbari quruvchilar bilan suhbatlashib, qurilishda sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati