Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) Ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun o‘quv kurslariga jalb qilingan xodimlarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash maqsadida katta o‘qituvchilar, podpolkovniklar F.Sh.Xidirov va Z.M.Alievalar ma’sulligida Toshkent shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markaziga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida xodimlarga markaz faoliyati, u yerdagi shart-sharoitlar, zamonaviy uskunalar, shahar hududidining turar va noturar joylariga o‘rnatilagan videokuzatuv kameralari va “Geoinformatsion elektron xarita” dasturlari yordamida jamoat joylarida xizmat olib borayotgan ichki ishar organlari xodimlarini onlayn kuzatish, ularni vaziyatga qarab yo‘naltirish, “xavfsiz shahar”, “xavfsiz mahalla” tizimlarini ta’minlashda huquqbuzarliklarni erta aniqlash hamda jinoyatlarni tezkor fosh etishdagi keng imkoniyatlari ushbu markazning malakali xodimlari tomonidan yaqindan tanishtirildi.
Tashrif davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, jumladan, markazdagi avtomatlashirilgan dasturlar, ma’lumotlarni tezkor rejimda olish, qayta ishlash, uzatish hamda qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositalari, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni ushlashdagi qator qulayliklar xodimlarda juda katta taassurot qoldirdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati