Yangilik haqida batafsil

Maxsus malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda
June 8, 2024

       O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida  kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursida ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlaridan kelgan xodimlar  “podpolkovnik” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish kursi  yo‘nalishida o‘quv tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

     O‘quv mashg‘ulotlari Institut professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borilyapti. Jumladan, institut maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Jasur Kenjayev tomonidan  “IIOda xizmatni o‘tash tartibining o‘ziga xos xususiyatlari. IIO xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksida belgilangan  vazifalar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti olib borildi. Mashg‘ulot davomiyligida ichki ishlar organlari xodimlariga xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida  amal qlishi kerak bo‘lgan majburiyatlari, odob-axloq qoidalari me’yorlariga amal qilish bo’yicha yo‘riqnomalar berildi.            Shuningdek,  malaka oshirishni o‘tayotgan tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, hamda so‘nggi yillarda Ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlar haqida malumotlar berib borilmoqda.

      Maftuna Uzoqova,  

                                      O‘zDJTU talabasi,

                                                                      IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati amaliyotchisi.