Yangilik haqida batafsil

Profilaktika inspektorlarining bilim saviyasi yanada mustahkamlanmoqda
June 7, 2024

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadirlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent shahar ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining ayrim xodimlarini kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishga oid qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti, Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, mayor Sh.M.Ubaydullaev tomonidan o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

         Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash, osoyishtalikni ta’minlash samaradorligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarga belgilangan rejaga asosan Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan barcha profilaktika inspektori jalb qilinyapti.

          Mashg‘ulotlarda profilaktika inspektorlariga qonunchilikdagi o‘zgarishlar, jamoat tartibini saqlash tizimidagi islohotlar mazmuniga doir ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik masalalari, hamda aholi muammolari bilan ishlashga doir zarur tavsiyalar ham yetkazilmoqda.

        Shuningdek, profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan ishlash, jinoyatchilikni oldini olish borasida "xonadonbay" va "fuqarobay" usulda ish tashkil qilish, shuningdek, jinoyat muhokamalarini tashkillashtirish masalalari bo‘yicha ham o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

       Savol-javob tarzida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda profilaktika inspektorlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga atroflicha javoblar oldilar.

         Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.

Maftuna Uzoqova

O‘zDJTU talabasi,

                                                                                                  IIV Malaka oshirish instituti amaliyotchisi