Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun, “podpolkovnik”, “mayor” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari tinglovchilari bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili, podpolkovnik O.S.Bozorov tomonidan Yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Yo‘riqnomada Institut tinglovchi xodimlari o‘rtasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarning ahvoli hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida alohida to‘xtaldi. Shundan so‘ng “Nafsning so‘nggi manzili” filmi namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati