Teatr har bir davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyati yuksalishida ham uning o‘rni bo‘lakchadir.
Yaqinda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida Qo‘chqor Norboqil asari asosida sahnalashtirilgan “Osmon hammani eshitadi” spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi.
Spektal premerasi tomoshabinlar va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va xodimlar hamda tinglovchilar e’tiboriga havola etildi.
Davomiy olqishlar bilan qarshi olingan mazkur sahna asarida millat kelajagi bilan bog‘liq dolzarb mavzuga qo‘l urilgan bo‘lib, insonlarning hayoti, orzu-kechinmalari, oilaviy sharoitlari, yurt obodligi yo‘lida bosib o‘tgan mashshaqatli yo‘llar real voqealar asosida sahnalashtirilgan.
Spektakl premerasi barchada katta taassurot qoldirdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati