Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi yakunlandi.
Bugun Koreyada malaka oshirib kelgan Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari hamkasblariga mazkur o‘quv kursi tafsilotlari doirasida Koreya milliy politsiya agentligi, Seul politsiya boshqarmasi, Transport boshqarmasi va Transport politsiya boshqarmalarida xodimlar markaziy boshqaruv tizimi bo‘yicha tajriba almashib, o‘tkazilgan o‘quv amaliyotlari situatsion- simulyatsiya markazida amalga oshirilganligi bo‘yicha taqdimot qilib berdilar. Koreyada markaziy boshqaruv xizmati (“112” tizimi) faoliyati hamda jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni markazlashgan tarzda qabul qilish va voqea joyiga politsiya xodimlarining kuch va vositalarini chiqarish amaliyoti borasidagi ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, politsiya tizimida amalga oshirilgan islohotlar, sohaning rivojlanish davrlari, markaziy boshqaruv tizimi, Koreya milliy politsiya agentligi tomonidan jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olish jarayonlari bo‘yicha o‘rganganlarini hamkasblariga ulashdilar.
Tadbir so‘ngida Koreyada o‘tkazilgan trening mashg‘ulotlari bo‘yicha olgan xalqaro sertifikatlar egalariga topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati