Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Maxsus kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Migratsiya va Fukarolikni rasmiylashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog‘lash maqsadida, Olmaliq shahar IIB M va FRB boshlig‘i Odilbek Eshboev hamda Maxsus fanlar sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik U.M. Otaev bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad tinglovchilarning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog‘lash hamda kelgusi ish faoliyatlarida dasturulamal bo‘lib xizmat qilishidan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati