O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi hamda Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun, “podpolkovnik”, “mayor” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari hamda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari boshlandi.
Institut rahbariyati tomonidan o‘quv kurslarining dastlabki kunida tinglovchilar bilan ertalabki yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnomada tinglovchilarga o‘quv jarayonidagi asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari, Institut hududida mavjud tartib-intizom, yurish-turish, formali kiyim-bosh kiyish tartibi va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.
Shundan so‘ng ular bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati