Yangilik haqida batafsil

Master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi
May 31, 2024

         Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tashkil etilgan “Ichki  ishlar organlari xodimlariga navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Odam savdosi ‒ davr muammosi. Ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalar” nomli mavzuda Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik A.A. Boboev va Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori, yu.f.b.f.d. (PhD), professor, podpolkovnik A.A. Amanovlar tomonidan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi. 

       Qayd etish kerakka, mamlakatimizda inson, uning hayoti, sha’ni va qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, inson huquqlarini ta’minlash borasida ulkan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangilanish va o‘zgarishlar jarayonining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi milliy qonunchiligimiz xalqaro huquq normalari talablariga moslashtirilmoqda.

     Aytish lozimki, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar jabrlanuvchilarni Konstitutsiya va qonunlarda aks etgan huquq va erkinliklaridan mahrum qilib, ularga nisbatan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘rlik ishlatilishiga hamda kuch bilan ushlab turilishiga sababchi bo‘ladilar.

     Mazkur mashg‘ulotning maqsadi tinglovchilarga bugungi kunda mamlakatimizda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning barvaqt oldini olish borasida davlat va hukumat darajasida amalga oshirib kelinayotgan profilaktik tadbirlarni kengroq yetkazish va kelgusida bu boradagi ishlarda  Ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalar xususida batafsil yetkazishdan iboratdir.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati