O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti polkovnik O.T.Axmedov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi direktori O.A.Qosimovlar ishtirok etishdi.
Mazkur memorandum kelgusida odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-treninglar va davra suhbatlari o‘tkazishga, shuningdek ushbu sohadagi xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati