Avval xabar qilganimizdek, shu kunlarda Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari uchun trening o‘tkazilmoqda.
Mazkur trening doirasida Koreya milliy politsiya agentligi, Seul politsiya boshqarmasi, Transport boshqarmasi va Transport politsiya boshqarmalarida xodimlar markaziy boshqaruv tizimi bo‘yicha tajriba almashib, o‘quv amaliyotlari situatsion- simulyatsiya markazi doirasida amalga oshirilmoqda. U yerda xodimlar markaziy boshqaruv xizmati (“112” tizimi) faoliyati hamda jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni markazlashgan tarzda qabul qilish va voqea joyiga politsiya xodimlarining kuch va vositalarini chiqarish amaliyoti bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Shuningdek, markaziy boshqaruv tizimi, parport tartiboti, xizmat olib borish jarayonlari o‘rganilmoqda.
Trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati