Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori, professor Xatamov Farxod Faxritdinovich tajribali, intiluvchan, bilimli va iste’dodli xodimlardan sanaladi.
U yaqinda MDH davlatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy tanlovning 2024 yil 25 may kunidagi buyrug‘iga asosan “Yosh tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha “Scientifik Akademy” ilmiy tadqiqot markazining sertifikati va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Institut jamoasi nomidan Farxod Xatamovni ushbu e’tirof bilan tabriklaymiz, muvaffaqiyatlar davomiy bo‘lishini tilab qolamiz.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati