2024 yilning 27 may kuni Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, podpolkovnik B.K.Musurmanov tomonidan institut miqyosida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlarining boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Korrupsiya – ichki ma’naviy tahdid” nomli mavzusi bo‘yicha ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ma’ruzachi mashg‘ulot davomida ushbu mavzuni to‘la yoritib, mazmun-mohiyatini tinglovchilarga yetkaza oldi. Jumladan, mashg‘ulot “Savol-javob”, “Aqliy hujum” singari zamonaviy metodlardan foydalangan holda olib borildi. Ushbu mavzu hozirda dolzarbligi, ahamiyati tushuntirilib, amaliyot bilan bog‘lagan holda keng ko‘lamli ma’lumotlar yetkazildi. O‘quv mashg‘uloti davomida tinglovchilar o‘zilarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Mazkur ochiq ma’ruza mashg‘ulotda Institutning o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.
Ishtirokchilar ma’ruza mashg‘ulot samarali bo‘lganligini e’tirof etdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati