Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasi Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Olmaliq kon metallurgiya kombinati bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, texnika fanlar doktori, professor, Rossiya, Qozog‘iston va xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, Alfred Nobel medali sohibi Abdurashid Hasanov ishtirokida Maxsus fanlar sikli o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Vatanparvarlik va insonparvarlik qalbdan boshlanadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda tinglovchilarga bizning faxrlanadigan, g‘ururlanadigan ajdodlarimiz bor. Biz xodimlar ham ajdodlarga munosib avlodlar bo‘lib davlatimiz mustaqilligini ko‘z qorachig‘iday asrashimiz, konstitutsiyaviy tuzumni har qanday tajovuzlardan himoya qilishimiz, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishimiz, qasamyodga sodiq bo‘lishimiz kerakligi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
- Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tinglovchilarga sadoqatli, vatanparvarlik, jasoratli, qasamyodiga sodiqlik bo‘lishi, agar ichki ishlar organlari xodimi yaxshi mutaxassis bo‘lsa-yu, unda vatanparvarlik yoki milliy g‘urur singari inson uchun ahamiyatga ega fazilatlar bo‘lmasa, bunday xodimlar bilan biz oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olmaymiz, deydi Maxsus kasbiy fanlar o‘qituvchisi, podpolkovnik Farxod Axmedov. - Shuning uchun O‘zbekiston yoshlarini Vatanga muhabbat ruhida, ota-bobolarimizning jasoratidan ibrat olib, ona-yurtimizni asrab-avaylash eʼtiqodi, dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarga beparvo va loqayd bo‘lmaslikka, xalq va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga, Vatanni himoya qilish, sadoqatli, adolatli, halol bo‘lish, xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalashni taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etib borish oldimizda turgan eng dolzarb vazifalarimizdandir.
Davra suhbati bahs-munozaralarga boy bo‘lib, tinglovchilarning qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob berildi. Abdurashid Hasanovning o‘z qalamiga mansub, “Ona sog‘inchi” nomli sheʼri tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati