Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlari tizimida ko‘p yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan hamkasblarimizni tantanali tarzda pensiyaga kuzatish anʼana tusiga kirgan.
Navbatdagi tadbirda Yuridik kafedra katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Jahongir Yakubov institut rahbariyati va shaxsiy tarkibi tomonidan izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatildi.
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar J.Yakubov ichki ishlar organlarida qilgan samarali mehnatlari va o‘tgan davr mobaynida ko‘plab iqtidorli, fidoyi shogirdlarni kamolga yetkazganligiga to‘xtalib o‘tdilar va kelgusida farzandlari, nevaralari hamda shogirdlarining baxtini ko‘rib yurishiga tilak bildirdilar.
Yakunda Institut boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov tomonidan J.Yakubovga milliy to‘n va do‘ppi kiydirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati