Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Tibbiyot xizmati xodimlari tinglovchilarining salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, unda shaxsiy gigienaning ahamiyati, gigienaga amal qilish, shaxsiy tarkib orasida epidemik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi - farovonlik asosi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Ushbu profilaktik tadbirda “podpolkovnik” maxsus unvonini olish uchun malaka oshirayotgan tinglovchilar, institut tibbiyot xizmati mutaxassis-shifokorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda IIV Markaziy poliklinika boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Sayyora Qilichova, oliy toifali shifokor-dermotolog Ilhom Saidov, oliy toifali shifokor-terapevt Umida Saidalieva, shifokor-epidemiolog, leytenant Gulnoza Raximovalar tinglovchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kasalliklarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, yuqumli kasalliklarini oldini olish, ayniqsa teridagi virusli infeksiyalariga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiy profilaktik tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bu kabi tadbirlar institutning Olmaliq shahridagi o‘quv bazasi Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari bilan ham o‘tkazildi.
Tadbir yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olishdi.
Maftuna UZOQOVA
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati amaliyotchisi