Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv-bazasi Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Jazoni ijro etish” yo‘nalishida tahsil olayotgan 7-guruh tinglovchilarining bilimlarini mustahkamlash, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash maqsadida Jazoni ijro etish Departamenti birinchi mintaqaviy hudud 49-son Manzil koloniyasi Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha bo‘linma boshlig‘i, mayor T.T.Davirov hamda Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik F.S.Ahmedovlar bilan hamkorlikda “Ixtisoslik” yo‘nalish bo‘yicha “Jazoni ijro etish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida “Binar” shaklda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga jazoni ijro etish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xodimlarning xizmat vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, korrupsion holatlar, ichki-tartib qoidalarini buzishga oid tartibbuzarliklarni aniqlash, tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qonuniy qaror qabul qilishiga doir maʼlumotlar batafsil yetkazildi. O‘quv mashg‘ulot bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javob berildi.
Maftuna UZOQOVA
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti amaliyotchisi