Yangilik haqida batafsil

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida trening o‘tkazilmoqda
May 22, 2024

     Ayni vaqtda Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari uchun trening o‘tkazilmoqda.

   Mazkur trening O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi tomonidan 2023 yil 12 dekabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Koreya Respublikasi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish loyihasi to‘g‘risida”gi Muzokaralar bayoniga muvofiq tashkil etilgan ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad Koreya milliy politsiya tizimida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish borasida ilg‘or tajribalarini o‘rganishga qaratilgan.

     Trening dasturiga muvofiq, Koreya politsiyasining huquq tizimi, Jinoyat va hodisalar bo‘yicha tezkor harakatlanish, Jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligi, Koreyaning favqulodda vaziyatlar haqida intellektual ogohlantirish tizimi hamda  Voqea hodisalar bo‘yicha Koreyaning mahalliy politsiyasining dastlabki chora-tadbirlari mavzularida mashg‘ulotlar olib boriladi.

     Shuningdek, Seul metropoliten politsiya agentligi, Yo‘l-patrul xizmati xavfsizligi tezkor markazi  hamda Markaziy Politsiya Akademiyasiga amaliy tashriflar amalga oshiriladi.

 

Maftuna UZOQOVA

O‘zDJTU talabasi,

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati amaliyotchisi