Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazida Ichki ishlar organlari Ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlarining “Elektr taʼsirli va gazli qurollar ekspertiza” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida ekspert-kriminalistlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash hamda murakkab va favqulodda vaziyatlarda ekspert-kriminalistik sohasi yo‘nalishlarida to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, yuqori darajada jismoniy va jangovar, maʼnaviy-axloqiy hamda ruhiy tayyorgarlikka ega, o‘z faoliyatiga, xususan elektr taʼsirli va gazli qurollar ekspertizasini o‘tkazish faoliyat yo‘nalishlarida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini zamon talablari asosida oshirdilar.
Mazkur nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlar Vazirlik Ekspert-kriminalistika bosh markazi, Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilib, yakuni bo‘yicha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati