Joriy yilning 11-18 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sportning ”Mas-restling” turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida “Osiyo chempionati” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi, safdor Abdumalikov Xusanboy Litifjonovich 105 kg vazn toifasida ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalini qo‘lga kiritdi.
15-20 may kunlari Farg‘ona shahrida sportning “Universal jang” turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “Osiyo chempionati“ da Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi, safdor Rajabov Mironshox, Yo‘ldoshev Abbosjon +95 kg vazn toifasida kumush medalga va safdor Bekmirzaev Javlonbek Ne’matjon o‘g‘li 90 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medaliga sazovar bo‘ldilar.
Joriy yilning 15-20 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Aktau shahrida o‘tkazilgan “Sambo” bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatida institutning Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi, safdor Ergashev Xo‘jaqul Ismoil o‘g‘li 79 kg vazn toifasida jangovar sambo sport turi bo‘yicha qatnashib, bronza medaliga ega chiqdi.
Shuningdek, mazkur chempionatda odilona hakamlik qilganligi uchun Malaka oshirish instituti Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli boshlig‘i, podpolkovnik Turaev Murodxon Ayubxonovich Qozog‘iston sambo federatsiyasi tomonidan “Sambo kurashi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi safida xalqaro va jahon miqiyosida musobaqalarda ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati