Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘kituvchisi, mayor G.S.Ro‘zieva tomonidan “mayor” maxsus unvoni olish uchun tahsil olayotgan 2-guruh tinglovchilari bilan "Islom dinining yo‘nalishlari, mazxablari to‘g‘risidagi bilimlarning Ichki ishlar organlari faoliyatidagi ahamiyati" mavzusida ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ochiq mashg‘ulot interfaol usulida boshlanib, mavzu bӯyicha tinglovchilar bir-birlari bilan savol-javob, bilimlar tortishuvlari orqali juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Ochiq mashg‘ulot tinglovchilarni bilim olishga bo‘lgan intilishni va qiziqishlarini oshirdi.
Zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot davomida o‘qituvchi sohaga oid bilim va ko‘nikmalaridan samarali foydalandi hamda mavzuni to‘la yoritib berdi. Mashg‘ulotda tinglovchilar ham faol ishtirok etdi.
Mazkur ochiq seminar mashg‘ulotda Institutning O‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.
Ishtirokchilar seminar mashg‘ulot samarali bo‘lganligini e’tirof etdilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati