Davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli boshlig‘i, polkovnik E.E.Ma’rupov tomonidan o‘quvchilarga uchuvchisiz apparatlarning ahamiyati, ularning ishlatish usullari hamda kiberjinoyatlar tushunchalari, axborot xurujlaridan saqlanish holatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar va kiberjinoyatlar, axborot xurujlari va kibertahdidlardan himoyalanish, ularga qarshi kurashish, axborotni tahlil qila bilishi lozimligi ta’kidlandi. Kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlar, kiberjinoyatni amalga oshirish yo‘llari, kiberxavflar va ulardan himoyalanish bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘quvchilarning bu boradagi bilim va savodxonliklari oshirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi