Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori, dotsent Amanov Abrorjon Abdullaevich ichki ishlar organlari xodimlarining tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ilmiy tadqiqot ishlaridagi ko‘p yillik mehnati, ilmiy faoliyati va jamoada samarali mehnatini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan professor unvoni berildi. Shu munosabat bilan institutning navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsida institut boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Ulug‘bek Rasulev tomonidan Amanov Abrorjon Abdullaevichga professorlik diplomi topshirildi va Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishdagi kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
Institut matbuot xizmati