Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun navbatdagi “Muzeylar-moziydan so‘zlar” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda muzeylar har bir xalq ilmiy-madaniy merosini ifoda etuvchi jonli tarixligi, u xalqning madaniyati, turmush tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarini o‘rganish, ularni targ‘ib etish va kelgusi avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishligi, muzeylar chinakam ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hazina bo‘lib, yildan-yilga boyib, qiymati oshib boraverishi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, 18 may - “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan institut rahbariyatining tashabbusiga ko‘ra bir guruh tinglovchilarning Toshkent shahridagi muzeylarga tashrifi uyushtirildi. Darhaqiqat, muzeylar - tarixning sirli xilqatlarini o‘zida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi ko‘prik hisoblanadi. Shu bilan birga xalqning ma’naviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning o‘rni beqiyosdir.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi