Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bizning bitiruvchilar” nomli tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi, kapitan Xusan Muslimov va uning sinfdoshlari ishtirok etdi. Tadbirni maktab direktori Mohichexra Raxmonova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Ushbu umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2006 yil bitiruvisi kapitan X.N.Muslimov maktab davridagi qiziq voqealarni o‘quvchilar bilan bo‘lishib, ularga kelajakda yuqori marralarni zabt etish uchun faqat o‘qib-o‘rganish hamda ilm olish zarurligini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar ham namoyish etildi. Tadbir yakunida X.N.Muslimov va sobiq bitiruvchilari maktab kutubxonasiga 20 dan ortiq badiiy va huquqiy adabiyotlarni sovg‘a qildilar.
Maftuna UZOQOVA
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati amaliyotchisi