Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Tarmoqlar orqali sodir etilayotgan kiberjinoyatlar” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli katta o‘qituvchisi, mayor Ye. B. Tashmanov, o‘qituvchilari katta leytenantlar O.M. Boynazarov va A.A.Abdiraximovlar tomonidan hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismiga aylanganligi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri bu - mamlakat kiberxavfsizligini ta’minlash ekanligi keng yoritildi.
Shuningdek tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida internet firibgarliklari va kiberjinoyatlar, axborot xurujlari va kibertahdidlardan himoyalanish, o‘z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo‘lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini ta’kidlandi. Kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish kabi muhim vazifalar bo‘yicha tushuntirildi. Kiberjinoyatni amalga oshirish yo‘llari, kiberxavflar - zararli dasturlar, to‘lovni talab qiluvchi dasturlar, fishing, farming, ketfishing va vishing va ulardan himoyalanish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi