Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” yo‘nalishida malaka oshirayotgan, Tоshkent shahar IIBB Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika inspektori, podpolkovnik A.N.Mamaraximov tomonidan IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyida 103 va 102 o‘quv guruhlari bilan Ichki ishlar organlari faoliyati fanidan ichki ishlar organlarida "Ish yuritish asoslari" mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mavzu yuzasidan ko‘plab ma’lumotlar berildi. Shuningdek, hujjatlar bilan ishlash, ichki ishlar organlarining ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar, ish yuritishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga tushuntirib o‘tildi. Litsey o‘quvchilarining o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.
Maftuna UZOQOVA
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti
matbuot xizmati amaliyotchisi