Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustivorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari» fanidan ilmiy unvon olish uchun talabgorlardan maxsus imtihon qabul qilish komissiyasi a’zolari tomonidan navbatdagi imtihon qabul qilindi.
Kuni kecha professor va dotsent ilmiy unvonlariga 10 dan ziyod talabgor nomzodlar galdagi imtihonlarni topshirdilar. Imtihon topshiruvchilar savol-javob shaklida bilimlarini sinab ko‘rishdi.
Maftuna UZOQOVA
O‘zDJTU talabasi,
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati amaliyotchisi