Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish tizimli olib borilmoqda. Jumladan, Institutda ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish o‘quv kursi va “podpolkovnik”, “mayor”, “katta serjant” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish hamda “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Unda o‘quv kurslari tinglovchilari faol ishtirok etdilar. Yarmarka davomida tinglovchilar badiiy va yuridik adabiyotlar, shuningdek o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondalarining asarlaridan tashkil topgan o‘zlarining sevimli adiblarining ko‘plab kitoblarga ega bo‘ldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati