Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.
O‘quv kursi davomida kasbiy - huquqiy bilimlarini yuksaltirish maqsadida sohaga oid me’yoriy hujjat talablarini o‘rganish hamda o‘quv mashg‘ulotlari davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va kelgusida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, intellektual salohiyati, muomala madaniyatini yuksaltirish hamda psixoemotsional ruhiy barqarorligini saqlash bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalari oshirilmoqda. Situatsion mashg‘ulotlar orqali xodimlarni nostandart va murakkab sharoitlarda tezkor qaror qabul qilish hamda vaziyatni real baholashga doir kasbiy ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati