Yangilik haqida batafsil

Maxsus malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda
May 15, 2024

     O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida  kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarida ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlaridan 100 nafarga yaqin  xodimlar “podpolkovnik” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish kursi  yo‘nalishida o‘quv tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

    O‘quv mashg‘ulotlari Institut professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik soxaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borilyapti. Mashg‘ulot davomiyligida ichki ishlar organlari xodimlariga xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida  fuqarolar bilan yuzaga keladigan  turli xil fors-major holatlarda qanday yo‘l tutishi, shuningdek, mas’ullar malaka oshirish o‘tayotgan tinglovchilarning yuridik  tayyorgarligi, jismoniy va jangovar xolati, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, hamda so‘nggi yillarda Ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlar haqida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

    O‘quv kursi yakunida komissiya tarkibida o‘tkazilgan sinov va imtihonlarni muvoffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshiriladi.

      Maftuna Uzoqova,  

                                      O‘zDJTU talabasi,

                                                                      IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati amaliyotchisi.