Yurtimizda ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, hamda ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Ichki ishlar organlari xodimlarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha uzluksiz o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
O‘quv mashg‘ulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazilmoqda. Nostandart vaziyatlar, muammoli holatlar yuzasidan Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan videolavhalar orqali mavzularga doir huquqiy yechimlar tushuntirilib borilmoqda
O‘quv xonalaridagi plakatlardagi yoki o‘quv uslubiy qo‘lanmalar yuzidagi QR kod orqali tinglovchilar o‘zlari tahsil olayotgan yo‘nalish bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv metodik qo‘lanmalarni elektron shaklini mobil telefonlariga yuklab olish imkoniyatlari yaratilgan.
O‘quv mashg‘ulotlari interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olib borilmoqda. Nostandart vaziyatlar, muammoli holatlarda ahamiyat qaratishi zarur bo‘lgan jihatlar bo‘yicha atroflicha tushunchalar berilyapti. Psixologik treninglar o‘tkazilmoqda.
Institutda umumiy va maxsus modullar bo‘yicha an’anaviy shaklda uzluksiz o‘qitishni tashkil etish va ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat vaqtida fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar bo‘yicha amaliy dars jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan bo‘lgan muloqot jarayonida, ularning muammolarni o‘z vaqtida hal etish va qonuniy yechimini topishda institutning malakali professor o‘qituvchilar bilan bir qatorda tajribali mutaxassislar ishtiroki ta’minlanmoqda.
Institutda davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan dastur asosida xodimlar har uch yilda bir marta o‘qitilib, maxsus sinovdan o‘tkaziladi hamda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga kelgusida ushbu sohada xizmat qilish huquqini ta’minlaydigan sertifikat beriladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati