Yangilik haqida batafsil

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ularni ko‘rib chiqish jarayonida fuqarolar bilan muammoli vaziyatlar”
May 11, 2024

     O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2023  yil  20  yanvar kunidagi “Ichki  ishlar  organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil 1 sentabrdan Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Yo‘l-patrul va Patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy  etildi.

     Mazkur qaror talablari asosida Ichki ishlar Vazirligi Malaka oshirish institutida umumiy va maxsus modullar bo‘yicha an’anaviy shaklda uzluksiz o‘qitishni tashkil etish va profilaktika inspektorlarining xizmat jarayonida fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar bo‘yicha amaliy dars jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan.

     Profilaktika inspektorlarining fuqarolar bilan bo‘lgan muloqat jarayonida, ularning muammolarni o‘z vaqtida hal etish va qonuniy yechimini topishda institutning malakali professor o‘qituvchilar bilan bir qatorda tajribali mutaxassislar ishtiroki ta’minlanmoqda.

    Jumladan, joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchi bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasining mudiri Jamolov Baxtiyar O‘roqovich ishtirokida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ularni ko‘rib chiqish jarayonida fuqarolar bilan muammoli vaziyatlar” nomli mavzuda kengaytirilgan ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

   Mazkur mashg‘ulot davomida modul tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan tegishli javob va maslahatlar oldilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati