Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Fuqarolar bilan ishlash moduli” yo‘nalishida tahsil olayotgan 2 va 3-guruh tinglovchilari bilan “Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan voyaga yetmagan shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusi yuzasidan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari podpolkovnik N.O.Odilov va mayor G.S.Ro‘zievalar tomonidan master-klass dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda Toshkent shahar IIBB XPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan Z.K.Israilov ishtirok etib, tinglovchilar bilan PPX xodimlari xizmat faoliyati davomida voyaga yetmagan shaxs bilan muloqot jarayoni, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib kelish va joylashtirish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarda amaliy va nazariy bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati