Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida devoriy gazetalar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Devoriy gazetalarning turli ruknlarda aks ettirilgan rasmlar, hikmatli iboralar orqali 9 may - Xotira va qadrlash kuni keng yoritilishiga e’tibor qaratildi.
“Pasport tizimini ta’minlash faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar 1-o‘rinni, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishidagi tinglovchilar 2-o‘rinni va “Patrul-post xizmati faoliyati” yo‘nalishidagi tinglovchilar 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar munosib taqdirlandilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati