Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari tomonidan “9-may Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Inson qadri ulug‘ - xotira muqaddas” mavzusida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida va Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda vatan tinchligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimizning xotiralari doim yodimizda va muqaddas ekanligini, bugungi tinch va osoyishta kunlarni qadrlash, uni asrash lozimligini ta’kidlandi.
Tinglovchilar tomonidan tinchlik, vatanni madh etuvchi she’rlar ijro etilib, G‘alabaga munosib hissa qo‘shgan hamyurtlarimizning qahramonliklari e’tirof etildi.
Shuningdek, Institutning kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilaridan tashkil topgan maxsus guruh qo‘l jangi usullari bilan ko‘rgazmali chiqishlari davraga shukuh baxsh etdi.
Albatta, bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlarga hurmat, tinchlikni qadriga yetish kabi ijobiy hislatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati