Yangilik haqida batafsil

“Harbiy-sport o‘yinlari” musobaqasi o‘tkazildi
May 8, 2024

    Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining   Olmaliq shahar o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan  tinglovchilar o‘rtasida 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas” shiori ostida “Harbiy-sport o‘yinlari” musobaqasi o‘tkazildi.

Harbiy-sport o‘yinlari” musobaqasi 5 shart bo‘yicha o‘tkazildi.

1-shart. 40 metr masofaga (uch marotaba har 7 metrda sport gilami ustida o‘mbaloq oshib) orqaga tezkorlikda yugurib belgilangan masofadan qaytib kelish; (6-nafardan ishtirokchi).

2-shart. 40 metr masofaga yugurib (uch marotaba har 7 metrda sport gilami ustida o‘mbaloq oshib) belgilangan joyda Makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ishni amalga oshirib qaytib kelish; (6-nafardan ishtirokchi).

3-shart. 40 metr masofaga (har 1 metr masofada joylashgan balonlarni ichidan yugurib o‘tish hamda 2 marotaba katta balonni aylantirib belgilangan joyda Kalashnikov avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ishni amalga oshirish va qaytib kelish; (6-nafardan ishtirokchi).

4-shart. 1 daqiqa davomida 24 kg toshni ko‘tarish. (Har bir jamoadan to‘rt nafar ishtirokchi);

5-shart. Arqon tortish (Har bir jamoadan yetti nafar ishtirokchi)

       Musobaqa yakunida o‘tkazilgan 5-shart bo‘yicha umumiy natijalarga ko‘ra “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Qalqonlar” jamoasi 55 ochko bilan 1-o‘rinni, “Patrul-post xizmati faoliyati” va “Jazoni ijro etish faoliyati”  yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Posbonlar” jamoasi 51 ochko bilan 2-o‘rinni, “Pasport tizimini ta’minlash faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Burgutlar” jamoasi 35 ochko bilan 3-o‘rinni hamda YPX yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilarning “Lochinlar” jamoasi 31 ochko bilan 4-o‘rinni egalladilar.

      Tosh ko‘tarish sport turi bo‘yicha (24 kg) 7-guruhning “Lochinlar” jamoasiga 1-o‘rin, 6-guruhning “Burgutlar” jamoasiga 3-o‘rin, 8-guruhning “Qalqon” jamoasi tinglovchilariga 3-o‘rin nasib qildi.

         Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar taqdirlandilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati