Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha tahsil olayotgan Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari bilan Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari, podpolkovnik N.O.Odilov va mayor G.S.Ruzievalar “Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusida Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlarining Yashnobod tumanida joylashgan 4-sonli shahar klinik shifoxonasida sayyor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sayyor o‘quv mashg‘ulotida 4-shahar klinik shifoxonasining mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punkti bosh shifokori J.M.Muqimov, shifokorlari D.A.Murotbekova hamda D.A.Norboevalar tomonidan tibbiyot birlashmalariga shaxslarni olib kelish va joylashtirish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirilib, tinglovchilarda amaliy va nazariy bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati