Yangilik haqida batafsil

Nazariya va amaliyotning uyg‘unligi
May 7, 2024

       Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari, polkovnik Islom Axmedov va podpolkovnik Xayrulla Xasilovlar tomonidan nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistik markazi katta-ekspert Mirvoxid Mirzaxmedov ishtirokida “Fuqarolar bilan ishlash moduli”  bo‘yicha Yo‘l-patrul xizmati yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Transport va trasologik ekspertiza; Avtotransport vositalari va yo‘l-transport hodisasi joyidagi izlarni tekshirish; Transport vositalarining texnik holatini tekshirish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

     Mashg‘ulotda sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi joyini ko‘zdan kechirish, rasmiylashtirish, transport vositasini texnik holatini aniqlash, hodisa joyidan izlarni olish,   hamda Yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositalarining texnik holati aniqlanishi lozim bo‘lgan asosiy qismlari ularning harakat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tormoz tizimi, rul boshqaruvi, harakat qismi va yoritish tizimi ekanligi keng yoritildi. Shuningdek, Yo‘l transport hodisasi sodir etilganda jabrlanuvchi shaxslar bilan yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘rtasida yuzaga kelgan situatsion muammoli vaziyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Mashg‘ulot davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.   

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi