Yangilik haqida batafsil

Malaka oshirish institutida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
May 7, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining «Fuqarolar bilan ishlash moduli»ga o‘qishiga jalb qilingan Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlariga Maxsus kasbiy fanlar kafedrasining malakali professor-o‘qituvchilardan dotsent podpolkovnik T.X.G‘ozibekov va katta o‘qituvchilar podpolkovnik J.R.Ravshanov, Z.M.Alievalar hamda mayor B.B.Radjapovlar tomonidan “Profilaktika inspektorlarini xizmat vaqtida jamoatchilik nazorati sub’ektlari tomonidan foto, audio va video  tasvirga olish jarayonidagi muammoli situatsion vaziyatlar” va “Profilaktika inspektorlari tomonidan voyaga yetmaganlar shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzulariga oid amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

     Tinglovchilarga ushbu situatsion vaziyatlarda qonunchilikda belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda harakat qilishlari, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va profilaktik ogohlantiruv suhbatlarini o‘tkazish ko‘nikmalari qay darajada shakllanganligini amaliy tarzda ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratildi. Berilgan topshiriq (vaziyat) bo‘yicha tinglovchilarga yo‘l qo‘ygan ayrim xato va kamchiliklari ko‘rsatildi.

     Mashg‘ulot yakunida profilaktika inspektori va fuqarolar o‘rtasida amaliyotda yuz berayotgan muammoli vaziyatlar, ularni qonuniy asoslarini qo‘llay bilishga doir zaruriy ko‘nikmalar tushuntirildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi