Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Xalqaro uyushgan jinoyatchilikning turlari va ularga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik TQD JQX Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari podpolkovniklar Eshon To‘raev, O‘tkir Xurboev va Djamol Ibragimovlar, Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda “Fuqarolar bilan ishlash” moduli bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Institut boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov kirish so‘zi bilan ochib, mehmonlarni tanishtirdi.
Davra suxbatida mavzuga oid Xalqaro jinoyat, uyushgan jinoyat tushunchasi va xalqaro jinoyatlarning turlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Davra ishtirokchilarining savollariga mutaxassislar tomonidan fikr muloxazalar bildirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi