Yangilik haqida batafsil

Kitoblar- ma’naviyat o‘chog‘i
May 4, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida tahsil olayotgan Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

     Fakultet kutubxonasiga barcha tinglovchilar jalb qilingan bo‘lib, ular bilan birgalikda kitob taqdimotlari, turli zakovat o‘yinlari olib boriladi. Yozuvchi shoirlarning uy-muzeylariga, Adiblar xiyoboniga sayohatlar uyushtiriladi.

    Jumladan “Kitoblar qalbni uyg‘otadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Kitoblar ko‘rgazmasi, yarmarkasi va taqdimotlari” kabi tadbirlarda tinglovchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, kitobxonlik insonni hayotiy muammolariga yechim topishga, odillik, adolatlilik, bag‘rikenglik, insonparvarlik kabi fazilatlarini yuksalishida muhim ahamiyat kasb etishi, kitoblar- ma’naviyat o‘chog‘i ekanligi tushuntirilmoqda.

     Institutning Kasbiy tayyorgarlik fakultetida G‘afur G‘ulom  nomidagi NMIU tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati 6 jildligi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

   Ushbu tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur kitobning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘zladi. Mazkur to‘plam 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmalaridan iboratligi, muassasa va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning davlat tilida ish yuritish savodxonligi va malakasini oshirish, bilimlarini boyitishga ko‘maklashishda asosiy vosita ekanligini ma’lum qildi.

     «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitobi institut o‘qituvchilari va tinglovchilari tomonidan katta qiziqish va mamnuniyat bilan qabul qilindi.

     Bu sa’y-harakatlar tinglovchilar tafakkuri va ichki olamini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi