Yangilik haqida batafsil

Amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
May 4, 2024

       Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha tahsil olayotgan Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari bilan Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari, podpolkovnik N.O.Odilov va mayor  G.S.Ruzievalar “PPX xodimlarining fuqarolar bilan munosabatga kirishganda yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar hamda ularning yechimlari, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 8 ta moddasi bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar.

   O‘quv mashg‘uloti jarayonlarida “Patrul-post xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitilayotgan tinglovchilarda sohaga tegishli so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘nikmalari mustahkamlanib, ularga jamoat tartibini buzganlik uchun aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishda  yuzaga keladigan holatlar, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bilan patrul-post xizmati xodimi o‘rtasidagi muammoli vaziyatlar bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berildi.

     Mashg‘ulotda Bektemir tumani IIO FMB JTS va PPX boshlig‘i, kapitan I.Bekjanov va serjant A.Tojiboevlar ishtirok etib, tinglovchilar bilan PPX xodimlari hamda fuqarolar o‘rtasida amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlar, ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.        

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati