Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida “9 may –Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Jasorat –millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari o‘rtasida “Mohir mergan” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa Jangovar tayyorgarlik sikli tomonidan tashkil etildi.
Avvaliga ustoz-murabbiylar “Makarov” to‘pponchasidan o‘q otib, ramziy ma’noda musobaqani boshlab berdi. Shundan so‘ng tinglovchilarning “Makarov” to‘pponchasidan o‘q otish musobaqasi bo‘yicha mahoratlari sinovdan o‘tkazildi. Musobaqa merganlarning epchilligini, merganliklari-yu, tayyorgarligini ko‘rsatib berdi. Har bir ishtirok o‘ziga xos va hayajonli damlarga boy bo‘ldi.
Musobaqada g‘oliblar aniqlandi. Ular bayram arafasida faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ta’kidlash kerakki, bunday musobaqalarda ishtirok etish tinglovchilarimizning jangovar tayyorgarligini oshirish, bilim va tajriba almashishda muhim o‘rin tutadi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati