O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan ayol xodimalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mazmun-mohiyati tinglovchilarga yetkazildi.
Tadbirda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” xodimlarni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilganligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda tinglovchilarga o‘quv jarayonidagi asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari, o‘quv bazasida mavjud tartib-intizom, yurish-turish, formali kiyim-bosh kiyish tartibi va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.
Shu bilan birgalikda tinglovchilarning qiziqtirgan savollar bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati