Yangilik haqida batafsil

“Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida idoralararo o‘quv kursi o‘tkazildi
May 2, 2024

   2024 yil 30 aprel 1 may kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlarga qarshi konvensiyasining 40 yilligiga bag‘ishlab, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh Prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida IIVning 2-sonli Akademik litseyi ma’ruzalar zalida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.

     Mazkur o‘quv kursi Milliy markaz va Bosh prokuratura, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun tashkil etildi.

      O‘quv kursida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi  Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

         Mazkur o‘quv kursida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Olimjon Subanov ishtirok etib, “Ushlab tutish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

      Tadbir ishtirokchilari tomonidan mazkur o‘quv kursi xalqaro standartlar va xalqaro tajriba borasidagi yangi ma’lumotlarni olishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

      Tadbir yakunida boshqa ishtirokchilar qatori Institutimiz katta o‘qituvchisi O.Subanovga ham sertifikat topshirildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati