Ichki ishlar organlari safdorlik va serjantlik lavozimidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv dasturining maxsus kasbiy tayyorgarlik blogi bo‘yicha “Ichki ishlar organlarining “102” xizmati faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati” nomli mavzuda IIV TD Situatsion-taxliliy markaz boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik B.Sh. Yusupov va Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi, yu.f.b.f.d. (PhD), dotsent, podpolkovnik A.A.Amanovlar tomonidan master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulotning maqsadi tinglovchilarni Ichki ishlar organlarining “102” xizmati faoliyati hamda jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni markazlashgan tarzda qabul qilish va voqea joyiga ichki ishlar organlari, hamkorlikdagi davlat tashkilotlarining kuch va vositalarini chiqarish amaliyoti bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati