Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli o‘qituvchisi, katta leytenant Otabek Boynazarov tomonidan Ichki ishlar organlarining safdorlik lavozimiga xizmatga qabul qilingan nomzodlarning boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlash o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Internet va lokal tarmoqlar orqali sodir etiladigan kiberjinoyatlar” mavzu bo‘yicha seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismiga aylanganligi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri bu - mamlakat kiberxavfsizligini ta’minlash ekanligi keng yoritildi.
Kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish kabi muhim vazifalar bo‘yicha tushuntirildi. Kiberjinoyatni amalga oshirish yo‘llari, kiberxavflar - zararli dasturlar, to‘lovni talab qiluvchi dasturlar, fishing, farming, ketfishing va vishing, ijtimoiy muxandislik, parollarni buzish va ulardan himoyalanish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarni o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi