Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari, polkovnik Islom Axmedov va podpolkovnik Xayrulla Xasilovlar tomonidan nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalist markazi xodimlari ishtirokida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi va Ichki ishlar organlarining ofitserlik lavozimiga xizmatga qabul qilingan xodimlarni qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlarining Ekspert-kriminalistika faoliyatini tashkil etish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda bugungi kunda tizimda mavjud bo‘lgan zamonaviy texnik vositalar va ular bilan ishlash metodlari, sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarni fosh etishdagi imkoniyatlari keng yoritildi. Shuningdek, hodisa joylarini ko‘zdan kechirishda foydalaniladigan ekspert-kriminalistik laboratoriya avtomashinasi namoyish qilinib, uning afzaliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi